Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid!
“O‘zagrosug‘urta” AJ tashabbusi bilan hududlarda tizimli ravishda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi seminar Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida tashkil etildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” PF-270-son Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha yoritildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid Qonunlar, Qarorlar va Farmonlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablar, javobgarlik choralari hamda profilaktik mexanizmlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, mavzu doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Surxondaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari hamda Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari tomonidan atroflicha javoblar berildi.