uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Fuqaroviy-Huquqiy Shartnoma Asosida Ishga Taklif

image

Fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida ishga taklif

“O‘zagrosug‘urta” AJ fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida bog‘bon lavozimiga nomzodlarni taklif etadi.
Asosiy vazifalar:
Buyurtmachining topshirig‘i bilan quyidagi ishlarni bajarish:
•    gazonni parvarishlash (o‘rish, sug‘orish);
•    daraxt va butalarga shakl berish (kesish);
•    o‘simliklarni ekish va ko‘chirish;
•    begona o‘tlarni tozalash, yerni yumshatish va o‘g‘itlash;
•    hududni tozalash va obodonlashtirish;
•    lavozim doirasida boshqa tegishli ishlarni bajarish.
Ish shartlari:
•    Ish fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida amalga oshiriladi;
•    Ish hajmi va haq to‘lash shartlari shartnoma asosida belgilanadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:
•    Bog‘dorchilik yoki obodonlashtirish sohasida tajribaga ega bo‘lish;
•    O‘simliklarni parvarishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
•    Mas’uliyatli va intizomli bo‘lish.
Hujjatlar 2025-yil 15-dekabr (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.
Qiziqtirgan nomzodlar Kompaniyaning Xodimlar bilan ishlash Departamentiga murojaat qiling.
Telefon raqam: +998 (71) 203-20-22
Email: info@agros.uz