Fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida ishga taklif
“O‘zagrosug‘urta” AJ fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha maslahatchi lavozimiga nomzodlarni taklif etadi.
Asosiy vazifalar:
• Buyurtmachining topshirig‘iga asosan qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha maslahatchi vazifalarini amalga oshirish;
• Mahalliy va xalqaro loyihalar doirasida Buyurtmachi hamda boshqa shaxslar o‘rtasida tuzilgan sug‘urta shartnomalari shartlariga muvofiq:
• qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish;
• monitoring tadbirlarida ishtirok etish;
• mavjud holatlar bo‘yicha yozma ma’lumotlar, tahliliy materiallar, tavsiyalar va xulosalar tayyorlash hamda taqdim etish.
Ish shartlari:
• Ish fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida amalga oshiriladi;
• Ish hajmi va haq to‘lash shartlari shartnoma asosida belgilanadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:
• Qishloq xo‘jaligi, sug‘urta, iqtisod yoki tegishli sohalar bo‘yicha bilim va tajribaga ega bo‘lish;
• Tahlil qilish, xulosa va tavsiyalar tayyorlash ko‘nikmasi;
• Mas’uliyatli, mustaqil ishlay olish qobiliyati.
Hujjatlar 2025-yil 15-dekabr (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.
Qiziqtirgan nomzodlar Kompaniyaning Xodimlar bilan ishlash Departamentiga murojaat qiling.
Telefon raqam: +998 (71) 203-20-22
Email: info@agros.uz