“O‘zagrosug‘urta” AJ - sportni faol rivojlantirmoqda!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qaroriga muvofiq, “O‘zagrosug‘urta” AJ jamoaviy sport turlarini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Maqsad kompaniya xodimlari orasida va umuman jamiyatda to‘laqonli sport madaniyatini rivojlantirishdir.
Sport turlari bilan doimiy shug‘ullanish xodimlarning jismoniy va intellektual salohiyatini rivojlantirib, uning mehnat samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlaydi.
“O‘zagrosug‘urta” AJ ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!