uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj O‘Zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Kuni Bilan Tabriklaydi!

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaydi!

Aziz yurtdoshlar! 

“O‘zagrosug‘urta” AJ jamoasi Siz azizlarni mamlakatimizning eng muhim sanalaridan biri — 8-dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Konstitutsiya — erkin va adolatli jamiyat poydevori, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi bosh Qonunimizdir.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yangi imkoniyatlarning huquqiy asosi aynan ushbu tarixiy hujjatda mustahkamlangan.

Bugun biz Konstitutsiyamizda belgilangan qadriyatlar — inson manfaatlari, adolat, demokratiya va taraqqiyot — hayotimizning ajralmas qismiga aylanganidan faxrlanamiz.

“O‘zagrosug‘urta” AJ jamoasi sifatida biz ham mamlakatimiz ravnaqi, iqtisodiy barqarorlik va fuqarolarimiz farovonligiga o‘z hissamizni qo‘shishda davom etamiz.

Konstitutsiya kuni barchamizga muborak bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, davlatimiz mustahkam, kelajagimiz porloq bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“O‘zagrosug‘urta” AJ jamoasi