“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda
Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tadbirlar bugungi kunda oqibatlarni bartaraf etishdan ko‘ra, uning oldini olishga qaratilmoqda.
“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan hududiy filiallarda malakali mutaxassislar ishtirokida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jizzax viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda korrupsiyaga nisbatan mutlaqo toqatsizlik va uni qabul qilmaslik har bir fuqaro hamda tashkilotning umumiy mas’uliyati ekani alohida ta’kidlandi.