O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan xodimlar taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “O‘zagrosug‘urta” AJ rahbariyati tomonidan Jamiyat rivojiga ko‘p yillik mehnati, bilim va tajribasi bilan munosib hissa qo‘shgan Jamiyatning Boshqaruv va hududiy filiallari xodimlari taqdirlandi.
Bunday e’tibor va e’tirof davlatimiz hamda jamiyatimiz tomonidan xodimlarga ko‘rsatilayotgan yuksak qadriyatning ifodasidir. U, o‘z navbatida, ularning mehnat faoliyatida ko‘tarinki ruh, yangi marralarni zabt etish yo‘lida esa kuch-g‘ayrat va shijoat baxsh etadi.