“O‘zagrosug‘urta” AJ maksimal to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorlik reytingini oldi – Uz AAA!
Standard and Sensitive Ratings reyting agentligi tomonidan o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra “O‘zagrosug‘urta” AJga Uz AAA reytingi – "Ishonchlilik va to‘lov qobiliyatining mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi" berilganini faxr bilan e’lon qilamiz.
🔹 Reyting darajasi: Uz AAA (maksimal)
🔹 Prognoz: barqaror
Mijozlarimiz va hamkorlarimiz uchun “Oʻzagrosugʻurta” AJ har qanday iqtisodiy sharoitda oʻz majburiyatlarini bajarishga tayyor ishonchli sugʻurtalovchi ekanligining tasdigʻidir.
Biz bilan birga bo'lgan barchaga - mijozlarga, hamkorlarga, xodimlarga minnatdorchilik bildiramiz. Bu natija bizning umumiy g'alabamizdir!
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati - Yillar davomida oqlangan ishonch.