uz
  • info@agros.uz
  • 1186
image

Aziz hamyurtlar!

Sizlarni mamlakatimiz tarixidagi eng ulug‘ va eng aziz sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Mustaqillik — bu erkin va obod hayot, yurt ravnaqi va kelajak uchun imkoniyatlar eshigini ochgan ulkan qadriyatdir. Ortida ulkan mashaqqat va jasorat mujassam bo‘lgan bu ne’matni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlash barchamiz uchun mas’uliyatli va sharafli burchdir.

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanish va rivojlanish jarayonlari har bir sohada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu jarayonda eng katta kuch — xalqimizning fidokorona mehnati, birdamligi va yuksak mas’uliyat hisidir.

Shu munosabat bilan, barchangizni “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu shior ostida, yurtimiz ravnaqi va istiqboli yo‘lida yanada faol, sadoqatli va samarali faoliyat olib borishga undaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarga va yaqinlaringizga tinchlik, baxt va baraka tilaymiz!