uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“OʼZagrosugʼUrta” Аj Xodimlari Turkiyada Xalqaro Treningda

image

“Oʼzagrosugʼurta” АJ xodimlari Turkiyada xalqaro treningda

Turkiya Respublikasining Аnqara shahrida joylashgan “Anadolu Standart eǧtim ve danişmanlik şirketi” (Anadolu Standart taʼlim va konsalting shirkati)da “Turkiya sugʼurta bozori mahsulotlari: imkoniyatlar va tahlillar” mavzusida ilmiy-amaliy trening tashkil etildi.

Ushbu nufuzli tadbirda “Oʼzagrosugʼurta” АJdan 10 nafar ayol xodimlar ishtirok etdilar.

Trening doirasida ishtirokchilar Turkiya sugʼurta bozoridagi yangi mahsulotlar, bozor rivojlanish tendentsiyalari va zamonaviy ish usullari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʼldilar. Shuningdek, ular sugʼurta sohasidagi global tajribani qiyosiy tahlil qilish va amaliyotda qoʼllash uchun zarur bilim va koʼnikmalarga ega boʼldilar.

“Oʼzagrosugʼurta” АJ ayol xodimlarning kasbiy oʼsishi va malakasini oshirishni qoʼllab-quvvatlashga doimiy eʼtibor qaratadi. Аyollar jamoaning faol va bilimli aʼzosi sifatida kompaniya faoliyatida muhim oʼrin tutadi hamda sohaning rivojiga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda.

Bunday xalqaro hamkorlik va oʼquv dasturlari orqali kompaniyamiz sugʼurta bozorida zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakaga ega mutaxassislarni tayyorlashda izchil harakat qilib kelmoqda.