“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari Praga shahrida (Chexiya) xalqaro seminarda ishtirok etdilar
“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari Praga shahrida (Chexiya) “Chakana savdo segmentida sug‘urta xizmatlarini joriy etishda Chexiya sug‘urta kompaniyalarining innovatsion usullari” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro seminarda ishtirok etdilar.
Seminar dasturi Yevropa sugʻurta bozori amaliyotini, mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha raqamli yechimlarni, shuningdek, zamonaviy isteʼmolchi ehtiyojlarini hisobga olgan holda chakana savdo mahsulotlarini rivojlantirishga yondashuvlarni oʻrganishni oʻz ichiga oldi.
Chexiyalik hamkasblar bilan tajriba almashish ishtirokchilarga kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, shuningdek, kompaniyamiz faoliyatiga tegishli yechimlarni joriy etish yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi.
“O‘zagrosug‘urta” AJ milliy bozorda sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilg‘or tajribalarni joriy etishda davom etmoqda.