"Ahbor-Reyting" agentligi “O‘zagrosug‘urta” AJ reytingini yangiladi
“Ahbor-Reyting” MChJ reyting agentligi “O‘zagrosug‘urta” AJning milliy shkala bo‘yicha to‘lov qobiliyati reytingini 2024-yil uchun reyting baholash natijalariga ko‘ra “uzA++” darajasida “Barqaror” prognozi bilan yangiladi.
Sug‘urta kompaniyasining “uzA++” darajasidagi reytingi ENG YUQORI ijobiy yechimga ega bo‘lgan kompaniyaning ijobiy istiqbolini anglatadi. Ushbu reyting o'z majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajarish va sug'urta polisi egalarining talablarini qondirish uchun yuqori qobiliyatga ega bo'lgan sug'urta kompaniyalariga beriladi. Bu milliy reyting shkalasi bo'yicha sug'urta kompaniyasining eng yuqori to'lov qobiliyati reytingidir.