"O'zagrosug'urta" AJ Oila va xotin qizlar bo'yicha vakili “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar” mavzusidagi o‘quv-seminarda ishtirok etdi
"O'zagrosug'urta" AJ Oila va xotin qizlar bo'yicha vakili “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar” mavzusidagi o‘quv-seminarda ishtirok etdi.
Yangi tahrirdagi Bosh qomusimizda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi qat’iy mustahkamlangan. “Yangi O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ham gender masalalari bo‘yicha ko‘plab tashabbuslar ilgari surilmoqda. Milliy qonunchilik bazasi mustahkamlanib, sohaga oid 100 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 2019-yildagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolati to‘g‘risida”gi Qonun, 2023-yildagi Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar ayollar mehnat huquqlarini yanada samarali himoya mamlakatimizda bo'layotgan islohotlar isbotidir.
Mazkur tadbir Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi. Unda O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash borasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishilgani, lekin oldinda hali ko‘p ishlar borligi ta’kidlandi. Haqiqiy tenglikka erishish uchun nafaqat qonunchilik darajasida, balki odamlar ongida ham nojo'ya qarashlar va stereotiplarni yo'q qilishda ishlashni davom ettirish muhimdir. Buning uchun kompleks yondashuv, jamiyatning barcha qatlamlarining faol ishtiroki talab etiladi.