uz
  • info@agros.uz
  • 1186

"O'Zagrosug'urta" Aj Va O'Zlidep Bilan Hamkorlikda O'Quv Tadbiri Bo'lib O'Tdi

image

"O'zagrosug'urta" AJ va O'zLiDeP bilan hamkorlikda o'quv tadbiri bo'lib o'tdi

"O'zagrosug'urta" AJ va O'zLiDeP a'zolari hamda hududiy Kengashlaridagi xodimlarining siyosiy va professional malakasini oshirish bo'yicha, Jamiyat bilan hamkorlikda o'quv tadbiri bo'lib o'tdi.

O'quv tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, siyosiy jarayonlar va jamiyatning yangi bosqichga qadam qo'yishi, shuningdek O'zLiDeP partiyasi dasturida belgilangan ustuvor vazifalar, yo'nalishlar bo'yicha atroflicha tushuntirish berildi. 

Seminarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda, ularning amaliy qo'llanilishi hamda yangi metodologik yoydashuvlar muhokama qilindi.

"O'zagrosug'urta" AJ O'zLiDeP partiyasi bilan ulkan loyihalarni birgalikda amalga oshirish va tajriba almashishga doim tayyor. Ishonchimiz komilki, o'zaro hamkorlik va kasbiy aloqalarni mustahkamlash orqaligina yuksak natijalarga erishish mumkin.