“O‘zagrosug‘urta” AJ Buxoro viloyati filiali tomonidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
“O‘zagrosug‘urta” AJ Buxoro viloyati filiali tashkil etgan Buxoro davlat universiteti katta o'qituvchisi Moxira Bakayeva tomonidan “O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish Konsepsiyasi” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmonidagi asosiy yo'nalishlar va yoshlar siyosatiga oid konsepsiya muhokama qilindi.
“O‘zbekiston – 2030” mamlakatimizni barqaror rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat dasturi bo‘lib, bunda yoshlar asosiy resurs va strategik ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
Bundan tashqari Davlatimiz rahbarining 2025-yil 30-iyundagi "Yoshlar kuni" munosabati bilan o'tkazgan tadbiri to'g'risida alohida to'xtalib o'tildi.
Seminarda ▪️ Strategiya maqsadlariga erishishda yosh mutaxassislarning roli, ▪️ Yoshlar o'rtasida tadbirkorlik tashabbusini qo'llab-quvvatlash, ▪️ Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va kasbga yo'naltirish, ▪️ Ijtimoiy himoya dasturlari va yoshlarni davlat boshqaruviga jalb qilish kabi muhim yo'nlaishlar muhokama qilindi.