Advokatlar uchun ishonchli himoya: kasbiy javobgarlik sugʻurtasi
Shunday kasblar borki, ular egalari tomonidan qabul qilinadigan har bir qaror, har bir harakat boshqa insonning taqdiriga, hayotiga va kelajagiga bevosita taʼsir koʻrsatishi mumkin. Agar bu taʼsir ijobiy natija bersa — albatta, quvonarli holat. Biroq, natija salbiy boʻlsa-chi?
Advokatlik faoliyati aynan shunday yuqori masʼuliyat talab qiluvchi kasblar qatoriga kiradi. Advokat oʻz kasbiy vazifasini bajarish jarayonida, bilvosita boʻlsa ham, boshqalarning hayot tarziga taʼsir koʻrsatadi — bu taʼsir ijobiy ham, salbiy ham boʻlishi mumkin.
Shu nuqtayi nazardan, "Oʻzagrosugʻurta" aksiyadorlik jamiyati tomonidan taklif etilayotgan advokatlar kasbiy javobgarligi sugʻurtasi — huquqshunoslar uchun ishonchli moliyaviy himoya vositasidir. Ushbu sugʻurta turi, advokat oʻz faoliyati davomida advokat himoyasidagi shaxslarga yetkazishi mumkin boʻlgan moddiy zararlarni qoplashga xizmat qiladi.
Asosiy afzalliklar:
🟢 Sugʻurta advokatning kasbiy xatolari oqibatida kelib chiqadigan holatlardan himoya qiladi;
🟢 Yuqori masʼuliyat yuklangan kasbiy faoliyatda ishonch va xotirjamlikni taʼminlaydi;
🟢 Har bir advokat uchun individual shartlar va yondashuv asosida rasmiylashtiriladi.
Huquqbuzarlik holatlarini oldini olish imkoni ham aynan himoyalanganlik hissi bilan taʼminlanadi. Shu bois, har bir advokat uchun kasbiy javobgarlik sugʻurtasi — ishonchli tayanch va kasbga boʻlgan hurmatni ifoda etuvchi muhim vositadir.