Majburiy sug‘urta tizimi takomillashtirilmoqda
2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli Hukumat qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab transport vositalari egalari uchun majburiy fuqarolik javobgarligi sug‘urtasiga quyidagi o‘zgarishlar kiritiladi:
🔹 Sug‘urta summasi oshiriladi — 40 mln so‘mdan 80 mln so‘mga.
🔹 Sug‘urta tariflari yangilanadi — polis rasmiylashtirishda haydovchilar soni hisobga olinadi.
🔹 Kafolatlash jamg‘armasi yangi xizmatlar bilan:
• YTH haqida xabar berish
• Yuridik maslahatlar
🔹 Nazorat kuchaytiriladi — mas’ul organlar aniqlanadi va avtomatlashtirilgan tizim ishga tushadi.
🔹 Axborot almashinuvi va billing tizimi joriy etiladi.
🔹 Sug‘urtasiz yurish uchun javobgarlik yanada kuchaytiriladi.
📌 Ushbu choralar haydovchilar javobgarligini oshirish va sug‘urta tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Manba: Istiqbolli loyihalar milliy agentligining rasmiy sayti