“O‘zagrosug‘urta” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida so‘rovnoma o‘tkazildi.
2024-yilning 28 noyabrdan - 28 dekabrgacha “O‘zagrosug‘urta” AJ telegram kanalida Jamiyatda korrupsiyaviy xolatlarni oldini olish, faoliyatimiz samaradorligini baxolash, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash xamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasidagi olib borayotilgan ishlarini taxlil qilish maqsadida Jamiyat xodimlari orasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. Jamiyat xodimlariga quydagi savollarga javob berish so‘raldi va so‘rov natijalari taxlili bo‘yicha quyidagilar ma’lum bo‘ldi:
1. Sizningcha “O‘zagrosug‘urta” AJda korruptsiya mavjudmi? Mavjud bo‘lsa darajasini ko‘rsating? - deya berilgan savolda qatnashgan 93,1% “Mavjud emas”, 4,2%- “Mavjud-darajasi past” degan javoblarni belgilaganlar.
Bu savolga qatnashchilarning 3,7% Jamiyatda korruptsiya darajasi yuqori deb belgilaganlar, shu bois koruptsiyaviy xav-xatarlarni baxolashda Jamiyatning Boshqaruvi departamentlari va hududiy filiallar bo’lim va sug’urta markazlarini funktsiya va vazifalarini chuqur o’rganish maqsadga muvofiq.
2. “O’zagrosug’urta” AJ xodimlari tomonidan Siz bilan bo’lgan munosabatlarda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilmaslik holatlariga duch kelganmisiz?- deya berilgan savolga respondentlarning 93,1% “Yo’q” degan javoblarni tanlashgan.
Bu savolga qatnashchilarning 6,9% “O’zagrosug’urta” AJ xodimlari tomonidan iste’molchilar bilan bo’lgan munosabatlarda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilmaslik holatlariga duch kelganliklarini bildirishgan. Bundan kelib chiqib, Jamiyat tizimida huquqbuzarliklarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida xodimlar bilan doimiy ravishda tushuntirish va profilaktika tadbirlarini o’tkazishni davom ettirishi lozim.
3. “O’zagrosug’urta” AJ xodimlarining xatti-harakatlarida korruptsiyaviy holatga duch kelganmisiz? - deya berilgan savolga 94,4% respondenlar “Yo’q” javobini belgilaganlar, 5,6% “Ha” javobini belgilab ovoz berganlar.
4. “O’zagrosug’urta” AJ faoliyatida qanday holatda korruptsiya holatlariga duch kelgansiz? - deya berilgan savolni javoblaridan kelib chiqib, 1,4 % iste’molchilar “Sug’urta shartnomalarini tuzish jarayonida”, 8,3% “Boshqa holatlarda” korruptsiya holatlariga duch kelganligini bildirishgan. “O’zagrosug’urta” AJ xodimlarining xatti-harakatlarida korruptsiyaviy holatlar namoyon bo’lishini inobadga olib, joriy yilda xodimlar tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tushuntirish va profilaktika tadbirlarini doimiy ravishda amalga oshirishi belgilandi.
5. “O’zagrosug’urta” AJning “ishonch telefoni” bo’lgan 1186 qisqa raqamiga murojaat qilganmisiz?- deya berilgan savolga respondentlarning 18,1% “Ha” degan variantlarni belgilashgan.
Ushbu savolga qatnashchilarning 81,9% “O’zagrosug’urta” AJning “ishonch telefoni” bo’lgan 1186 qisqa raqamiga murojaat qilishmaganliklarini ma’lum qilishgan. Shu bois, Jamiyat faoliyati xususida axborot va ma’lumotlarni saytlarimiz imkoniyatidan foydalangan xolda iste’molchilarga keng targ’ibot qilish imkonini beruvchi materiallar tayyorlab joylashtirish lozim bo’ladi.
6. Korruptsiya faktlari haqida xabar berishga tayyormisiz? - deya berilgan savolga 72,2% qatnashchilar tayyor ekanligini 27,8 % “Yo’q” javobini belgilagan.
So’rovnoma natijalari bo’yicha olingan javoblardan kelib chiqib, “O’zagrosug’urta” AJ tizimida vujudga kelishi mumkin bo’lgan korruptsiyaviy omillarni o’rganish va ularni oldini olish bo’yicha, O’zbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlari, xamda Jamiyat tomonidan qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlar asosida Jamiyatning xodimlarida korruptsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida o’quv kurslarini o’tqazish amaliyotini davom ettirish va ushbu jarayonga malakali mutahassislarni jalb qilishi rejalashtirildi.