uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Qoraqalpog‘Iston Respublikasi Filiali Tomonidan Tadbir Bo‘Lib O‘Tdi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun “O‘zagrosug‘urta” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus Innovatsion universiteti "Moliya" kafedrasi assistenti Ruslan Yusupov “Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy asoslari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir xodimlarning kasbiy saviyasini oshirish va sug‘urta bozori ishtirokchilari faoliyatining asosiy jihatlarini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Seminar davomida quyidagi mavzular atroflicha muhokama qilindi:
🔹 sug'urta kompaniyalari daromadlari va xarajatlari tarkibi;
🔹 moliyaviy barqarorlik tamoyillari;
🔹 sug'urta zahiralarini investitsiyalashning muhim jihatlari;
🔹 sug'urtada moliyaviy hisobotning tartibga solish tartibi.

Seminar ishtirokchilari muhokamada faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar va amaliy masalalar bilan o‘rtoqlashdilar. Jamiyatning Boshqaruv hamda filial xodimlari o‘rtasida fikr almashish imkoniyati kasbiy faoliyatdagi asosiy tamoyillardan biridir.

Ishtirokchilarning fikricha, seminar bilimlarni tizimlashtirish, samarali ishlash uchun yangi vositalarni olish va kasbiy salohiyatni kengaytirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ kadrlar salohiyatini faol rivojlantirish va kadrlar tayyorlashga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Ishonchimiz komilki, bilim, professionallik va rivojlanishga intilish muvaffaqiyatli va barqaror sug'urta kompaniyasining asosidir.