“O‘zagrosug‘urta” AJ universal sug'urta kompaniyasi
“O‘zagrosug‘urta” AJ mamlakatimizda umumiy sug‘urta sohasida faoliyat yuritib, sug‘urta klassifikatorida belgilangan 17 ta klassdagi majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatmoqda. Kompaniya yangi sug‘urta turlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Bugungi kunda 140 dan ortiq sug‘urta turlari bo‘yicha mijozlarga sifatli xizmatlar taqdim etib kelinmoqda.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, “O‘zagrosug‘urta” AJ nomi ko‘pchilikda faqat qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kompaniya degan noto‘g‘ri taassurot uyg‘otishi mumkin. Ammo unday emas!
Kompaniyada sug‘urta bozoridagi barcha klassdagi turlar bo'yicha sug'urta xizmatlari ko'rsatib kelinmoqda!
“O‘zagrosug‘urta” – bu zamonaviy, ishonchli va universal sug‘urta kompaniyasi!