uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Ajning Korrupsiyaga Qarshi Kurashish Ishlari Samaradorligi “82” Ball Ko‘Rsatkich Bilan “Yaxshi” Deb Baholandi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi “82” ball ko‘rsatkich bilan “yaxshi” deb baholandi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zagrosug‘urta" AJ Axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Asolat Sunnatova ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat boshqaruvining shaffof, hisobdor va samarali tizimini yaratishga qaratilgan izchil va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi qoidalarini hayotga tatbiq etish bu boradagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Mazkur Strategiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha aniq maqsadlar, jumladan, Boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va fuqarolik jamiyati ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-108-sonli Qaroriga muvofiq “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan onlayn sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, inson omilini cheklanishi evaziga faoliyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlar kamaytirildi.

O‘tgan davr mobaynida Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaning oldini olishga doir ta’sirchan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari hamda tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan o‘quv seminarlar, treninglar, brifinglar va davra suhbatlari tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tizimini samarali joriy etish maqsadida 12 tadan ortiq ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.

Jamiyatning ichki idoraviy hujjatlari hamda Boshqaruv departamentlari, xizmatlari va hududiy filiallarining nizomlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy qilingan “E-Antikor” elektron platformasi orqali baholashdan o‘tkazildi, hamda xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan “O‘zagrosug‘urta” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish Dasturi va “O‘zagrosug‘urta” AJ faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning Xaritasi tasdiqlandi.

Shuningdek, Jamiyatning 344 nafar Boshqaruv, hududiy filiallar hamda tuman va shahar sug‘urta markazlarining barcha rahbar va mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining elektron platformasida “Manfaatlar to‘qnashuvi xolatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish va oldini olish” mavzusida masofaviy kursni tamomladi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ markaziy apparati, hududiy va tarkibiy bo‘linmalaridagi vakant lavozimlarga malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish jarayoni korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etish maqsadida ochiq tanlovlar asosida amalga oshirilmoqda.

“O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida qonun buzilishi holatlari va korrupsiyaga oid jinoyatlar to‘g‘risida xabarlarni belgilangan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish maqsadida, Jamiyat tizimida xabar berishga imkon yaratuvchi “Ishonch telefoni”, telegramm-bot va elektron pochta ishga tushirildi.

Ushbu yo‘nalishda 2024-yil davomida olib borilgan tizimli ishlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil

12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ-81-son qarori talablariga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi Ekspertlar guruhi xulosasiga binoan “O‘zagrosug‘urta” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi “82” ball ko‘rsatkich bilan “yaxshi” deb baholandi.

 Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini, jumladan sug‘urta sektorini faol raqamlashtirish sharoitida raqamli yechimlarni joriy etish jarayonida shaffoflikni ta’minlash alohida ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan, 2025-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida “Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish”da barcha sohalarni raqamli transformatsiyalashda korrupsiya xavfini bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur yig‘ilishda berilgan ustuvor vazifalar va topshiriqlar ijrosini “O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra Jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashlar xavfini oldini olish bo‘yicha qat’iy tartib qoidalar belgilandi. Har bir xodimning shaxsiy manfaatlari va Jamiyatning manfaatlariga to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’siri bo‘lishini tahlil qilish va xabardorlik tizimi yanada takomillashtirildi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ tizimidagi xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borish maqsadida 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyati filiallarida