uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xodimlari Chexiya Respublikasida Malaka Oshirib Keldilar

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari Chexiya Respublikasida malaka oshirib keldilar

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari malakasini oshirish va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish maqsadida Chexiya Respublikasining European Institute of Applied Science and Management’da tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etdilar.

Seminar dasturi sug‘urta sohasidagi menejmentga zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirish, shuningdek, innovatsiyalar va barqaror biznes amaliyotini joriy etishga qaratildi. Ishtirokchilar sug‘urta jarayonlarini raqamlashtirish, risklarni tahlil qilish va strategik rejalashtirish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar.

Yevropaning yetakchi institutlarida o‘qish ularning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, xalqaro standartlar bilan tanishish va boshqa mamlakatlardagi sug‘urta sohasi vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkonini berdi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ o‘z xodimlari malakasini oshirish va ularning professionallik darajasini ko‘tarish hamda xalqaro standartlarga javob berish maqsadida yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishda davom etmoqda.