uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Xashar — Elga Yarashar

image

Xashar — elga yarashar

    Bugun ertalabdan “O‘zagrosug’urta” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi, uning barcha tuzulmalari xodimlari mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafisida tashkil etilgan  umumxalq obodonlashtirish hayriya xashari munosabati bilan yeng shimarib ishga kirishdi.

   Xashar bahona mahalla hududi ko‘chasi, yo‘l chetidagi ariqlar tozalandi. Ko‘kalamzorlar bezona o‘tlardan  xalos etilib, daraxtlar butalandi.

    Milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan bunday amallar insonda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik tuyg’usini yanada kuchaytiradi.

     

      Xashar — ishida beg’araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltiradi. Shuningdek, kelajak avlod vakillarini vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot xizmati