uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Ajda “Yoshlar Kuni” Munosabati Bilan Uchrashuv O‘Tkazildi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJda “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida “O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Mamlakatimizda, xususan kuni kecha Prezident Sh. Mirziyoyev yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvida qayd etilgan yutuqlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar, ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan bilim olish, o‘z ustida ishlash, kasbiy o‘sish va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Нar bir yosh mutaxassis o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, nafaqat kompaniya, balki butun soha rivojiga hissa qo‘shishi zarurligi takidlandi. 

Tadbirda kompaniya tizimida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning malakasini oshirish, lavozim bo‘yicha o‘sishini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar va kelgusidagi ustuvor rejalar xususida ham ma’lumot berildi. 

Xususan, davlat rahbarining 2024-yil 4-martdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-108 sonli qarori va 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412 sonli  qarorlariga muvofiq, 2023–2024 o‘quv yili uchun “O‘zagrosug‘urta” AJ tavsiyasi asosida 27 nafar yosh xodim mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalaridagi “Sug‘urta ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olishga qabul qilindi. 

Shuningdek, kompaniyaning 2025-yil uchun yoshlar siyosati doirasidagi dasturidan o‘rin olgan ustuvor vazifalar — iqtidorli yoshlarni rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish, xorijda malakalarini oshirish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi orqali ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash kabi qator yo‘nalishlarni qamrab olgani ma’lum qilindi. 
Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Kompaniya rahbariyati tomonidan yosh mutaxassislarning taklif va fikrlari diqqat bilan eshitilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga doim tayyor ekanligi alohida qayd etildi.