uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Jamoasi 30-Iyun Yoshlar Kuni Bilan Tabriklaydi!

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ jamoasi 30-iyun Yoshlar kuni bilan tabriklaydi!

Assalomu alaykum, aziz yoshlar!

Yurtimizning istiqboli, mamlakatimiz taraqqiyotining kuchi bo‘lgan siz aziz yoshlarni “O‘zagrosug‘urta” AJ jamoasi nomidan bugungi – Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz!

Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning bilim olishi, rivojlanishi va hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun ulkan imkoniyatlar, keng sharoitlar yaratilmoqda. Biz — “O‘zagrosug‘urta” AJ jamoasi sifatida bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, soha taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan, yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan bilimli, mas’uliyatli va ilg‘or kadrlarni tarbiyalashni o‘z oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘yganmiz.

Jamiyat o‘z faoliyatida yoshlarning sug‘urta sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni kasbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Kompaniya tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan o‘quv seminarlari, tajriba almashish dasturlari va amaliyot imkoniyatlari orqali yoshlarimiz kelgusida o‘z o‘rnini topishi uchun zamin yaratmoqda.

Shuningdek, biz yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularga malakali murabbiylar yordamida ko‘nikmalar berish, hamda ish bilan ta’minlash borasida ham izchil harakat qilmoqdamiz.  Hususan, joriy yilda "O‘zagrosug‘urta" AJda TDIUning "Iqtisodiyot va menedjment fakulteti" filiali ochilgani hamda 2024-2025 o‘quv yilida jami 67 ta yosh mutaxassislarni nufuzli oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishi ta’minlandi. Shundan, 11 tasi xorij oliygoxlarida malaka oshirdi.

Ishonchimiz komilki, yoshlar sug‘urta bozorining faol ishtirokchilari sifatida mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi.

Aziz yoshlar! Sizlar bizning yuksak ishonchimiz, Vatanimizning faxri va tayanchi hisoblanasiz. Sizlarni yana bir bor bayram bilan muborakbod etgan holda barchangizga sog‘lik-salomatlik, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!