uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Davlat Tashabbusi Doirasida Voleybolni Faol Rivojlantirmoqda!

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ davlat tashabbusi doirasida voleybolni faol rivojlantirmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qaroriga muvofiq, “O‘zagrosug‘urta” AJ jamoaviy sport turlarini ommalashtirishda faol ishtirok etib, voleybolga alohida e’tibor qaratmoqda.

Maqsad shunchaki ishtirok etish emas, balki kompaniya ichida va umuman jamiyatda to‘laqonli sport madaniyatini rivojlantirishdir.

Sport turlari bilan doimiy shug‘ullanish xodimlarning jismoniy va intellektual salohiyatini rivolantirib uning mehnat samadorligiga ijobiy ta’sir etadi va  jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlaydi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha davlat tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!