uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“О‘Zagrosug‘Urta” Aj Buxoro Viloyati Filialida Seminar Tashkil Etildi

image

“О‘zagrosug‘urta” AJ Buxoro viloyati filialida seminar tashkil etildi

“О‘zagrosug‘urta” AJ Buxoro viloyat filialida Jamiyat rahbariyati va mutaxassis xodimlari ishtirokida,  “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” mavzusi bo‘yicha sug‘urta shartlaridagi o‘zgarishlar yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarni Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Ruslan Pirnazarov olib bordi. 

Tadbirda sug‘urta sohasi samaradorligini oshirish, undagi raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish hamda yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida amaldagi qoidalar bo‘yicha belgilangan sug‘urta puli miqdorini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.