Moody’s “O‘zagrosug‘urta” AJ bo‘yicha reyting prognozini “Ijobiy” darajaga oshirdi!
2025-yil 16-iyun kuni xalqaro reyting agentligi Moody’s Ratings “O‘zagrosug‘urta” AJning sug'urtadagi moliyaviy barqarorlik reytingi prognozini "Ba3" darajasida tasdiqladi hamda prognozi “Barqaror”dan “Ijobiy”ga ko‘tarildi.
Ushbu reyting:
✅ O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi mustahkam pozitsiyasi;
✅ Kapital bazasining ishonchliligi va zaxiralarining yetarliligi;
✅ Sug‘urta portfelining diversifikatsiyalanganligini ko'rsatadi.
📌 Moody’s tomonidan berilgan ushbu baho “O‘zagrosug‘urta” AJning nafaqat mahalliy, balki xalqaro moliyaviy tizimda ham barqaror va ishonchli kompaniya sifatida e’tirof etilayotganini anglatadi.