uz
  • info@agros.uz
  • 1186

"O'Zagrosug'urta" Aj Samarqand Viloyat Filiali Xodimlari Uchun O'Quv Seminar Tashkil Etdi

image

"O'zagrosug'urta" AJ Samarqand viloyat filiali xodimlari uchun o'quv seminar tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 147-sonli Qarorida belgilangan ustuvor  vazifalarni amalga oshirish maqsadida,  "O'zagrosug'urta" AJ Samarqand viloyat filialida korrupsiyani oldini olish to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi bo‘yicha filial xodimlari uchun o'quv seminar tashkil etildi.

Ushbu o‘quv seminarda Jamiyat Boshqaruvining Komplayens nazorat departamenti direktori va Jinoyat ishlar bo‘yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi O.Nabiyev qatnashdi va “Korrupsiya – jamiyatda saraton kasalligi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada korrupsiya to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi. “Korrupsiya qadimgi Shumer davlatida pora ko‘rinishida paydo bo‘lgan hamda xozirgi kunlarga qadar jamiyatdagi mavjud illatdir. Korrupsiya jamiyat kushandasi jamiyatning rivojlanishiga to‘sqinlik kiluvchi va uni tanazzulga tushishga sababchi buluvchi illat. Korrupsiyadan xoli bo‘lgan xar qanday jamiyatda rivojlanish bo‘ladi. Jumladan, 1965-yilda mustaqillikka erishgan Singapur davlatida xam korrupsiyaga qarshi qattik kurash orqali ushbu davlat qisqa muddatlar ichida dunyoda rivojlangan davlatlar qatoriga ko‘shilgan. Ushbu davlatda ya’ni jamiyatda byurokratik rejimni yumshatish, korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning xamkorlik kilishini kuchaytirishda kattiq jarima choralari ko‘riladi” – deya ma’ruzasini davom ettirdi O.Nabiyev.

Jamiyat Boshqaruvining Komplayens nazorat departamenti direktori 2024-yil 6-dekabrda kuchga kirgan «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun jamiyat va davlat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning qabul qilinishi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, korrupsiya kabi salbiy holatlarni bartaraf etishda sezilarni o‘rin egallashligi ta’kidlab o‘tildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil to‘liq javoblarni oldilar.