“O‘zagrosug‘urta” AJ Jamoaviy sport turlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qaroriga muvofiq “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati xodimlari o‘rtasida sport madaniyatini oshirish ishlarini davom ettirmoqda. Kompaniya jismoniy faoliyatni ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlaydi.
Xodimlar jamoaviy sport turlari bo‘yicha ichki sport musobaqalarida qatnashdilar. Erkaklar mini-futbol va basketbol, ayollar basketbol va voleybol bo‘yicha bellashdilar.
Bunday tadbirlar sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, jamoaviy ruhni rivojlantirish va jamoada do‘stona muhit yaratishga xizmat qiladi.
“O‘zagrosug‘urta” AJ sport loyihalarida ishtirok etishni korporativ madaniyat va ijtimoiy faoliyatning muhim qismi deb biladi.