uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Sirdaryo Viloyatida Sayyor Qabul O‘Tkazdi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi

Aholi bilan aloqani kuchaytirish va dolzarb masalalarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi raisi oʻrinbosari va Jamiyat xodimlari Sirdaryo viloyatida fuqarolar uchun sayyor qabul oʻtkazdilar.

Tadbir mahalliy aholi bilan muloqotni kuchaytirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar doirasida o‘tkazildi. Qabul chog‘ida mahalliy aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan tashkilot rahbariyatiga shaxsan murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Joylarda boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida 50 dan ortiq murojaatlar koʻrib chiqildi, ular orasida eng koʻp koʻtarilgan mavzular yangi sug'urta turlari, polislarni elektron rasmiylashtirish va sug‘urta to‘lovlari bilan bogʻliq masalalar bo'ldi.

Har bir murojaat bo‘yicha rais o‘rinbosari tushuntirishlar berib, alohida masalalar bo‘yicha mas’ullarga qo‘shimcha o‘rganishlar olib borish va qisqa vaqt ichida aniq yechimlar berish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

“Bunday sayyor qabullar aholi ehtiyojlarini qondirish, murojaatlarga batafsil javob berish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish imkonini bermoqda. Biz aholiga yaqinroq bo‘lishga, muammolarni so‘zda emas, amalda hal etishga intilamiz”, — ta’kidlab o‘tdi Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosari.

Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan sayyor qabul ochiqlik, qulaylik va aholi bilan samarali muloqot qilish tamoyillarini hayotga tatbiq etishda navbatdagi qadam bo‘ldi.