uz
  • info@agros.uz
  • 1186

"O‘Zagrosug‘Urta" Aj Sug‘Urta Xizmatlari Ko'rsatilishi Sifati Bo‘Yicha Sug‘Urtalovchilar Reytingining Yetakchilari Qatorida!

image

"O‘zagrosug‘urta" AJ sug‘urta xizmatlari ko'rsatilishi sifati bo‘yicha sug‘urtalovchilar reytingining yetakchilari qatorida!

Mamlakatimizdagi sug‘urta sohasini rivojlantirishdagi faol ishtirokimiz va mijozlarimizning ishonchi tufayli, O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan e’lon qilingan sug‘urta xizmatlari ko'rsatilishi sifati bo‘yicha sug‘urtalovchilar reytingida kompaniyamizga eng yuqori — AAA reytingi berildi.

🏆 Bu reyting quyidagi miqdoriy va sifat ko'rsatkichlardan kelib chiqib baholangan: 
🔹 sug‘urta da’volarining qanoatlantirilganlik darajasi; 
🔹 sug‘urta to‘lovlarining o‘z vaqtida to‘langanligi;
🔹 to‘lovga qobiliyatlilik marjasining yetarliligi;
🔹 investitsiya faoliyati samaradorligi;
🔹 xalqaro reytinglarning mavjudligi;
🔹 yangi sug‘urta mahsulotlarining joriy etilganligi va boshqalar.

Bizni tanlagan va ishongan barcha mijozlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 
"O‘zagrosug‘urta" AJ — O‘zbekiston sug‘urta bozorining barqaror va ishonchli ishtirokchisi sifatida faoliyat yuritishda davom etadi.

Yillar davomida oqlangan ishonch!