uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Karyera Kuni: Bo'lajak Mutaxassislar Bilan Uchrashuv!

image

Karyera kuni: bo'lajak mutaxassislar bilan uchrashuv!

“O‘zagrosug‘urta” AJ poytaxtimizning uchta nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilgan keng ko‘lamli "Karyera kuni" mehnat yarmarkasida ishtirok etdi:

📍 Toshkent davlat yuridik universiteti
📍 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
📍 Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Bu iqtidorli va intiluvchan talabalar bilan uchrashish, tajriba almashish va kompaniyamizda karyera qilish imkoniyatlari haqida suhbatlashish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Biz talabalarning barcha savollariga javob berishdan xursand bo'ldik, amaliyot o'tash, karyera qilish va sug'urtaning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati haqida suhbatlashdik.

O'ylaymizki, bunday uchrashuvlar mas'uliyatli va g'ayratli yosh mutaxassislarni shakllantirishga yordam beradi.

Biz uchun esa bunday tadbirlar biz bilan birga rivojlanishga va sug'urta sohasiga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan istiqbolli hamkasblarni topish imkoniyatidir.