uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Tizimida Korrupsiyaga Qarshi Kurashish Choralari Kuchaytirilmoqda

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralari kuchaytirilmoqda

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatida tizim xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan yig‘ilish tashkil etildi. Unda 2025-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida belgilangan asosiy yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Jamiyatda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish va xatarlarni boshqarishga oid chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Har bir xodimning shaxsiy manfaatlari Jamiyat manfaatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini baholash tizimi takomillashtirildi.

Bundan tashqari, Jamiyatda sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish, onlayn rasmiylashtirish hamda to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yondashuv tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Yig‘ilish yakunida davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning korrupsiyani ildizi bilan yo‘qotishda muhim ahamiyatga ega ekani yana bir bor ta’kidlandi.