uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj – Xalqaro E’Tirof Sari Yo‘Lda

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ – xalqaro e’tirof sari yo‘lda

“O‘zagrosug‘urta” AJ vakillari AQShning Boston shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli Risk Live Boston 2025 xalqaro konferensiyasida ishtirok etdilar. Mazkur tadbir moliyaviy barqarorlik va risklarni boshqarish sohasidagi 200 dan ortiq yetakchi mutaxassislarni, jumladan JPMorgan Chase, BlackRock, Deutsche Bank, Mizuho kabi dunyo moliya gigantlari vakillarini bir joyga jamladi.

Tashrif davomida kompaniya vakillari A.M. Best agentligi bilan uchrashuv o‘tkazdilar. A.M. Best – 1899-yilda AQShda tashkil etilgan, sug‘urta sohasida faoliyat yurituvchi eng qadimiy va nufuzli xalqaro reyting agentligi hisoblanadi. Ushbu agentlik sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va kreditga layoqatliligini baholashga ixtisoslashgan bo‘lib, uning reytinglari butun dunyo bo‘ylab investorlar va tartibga soluvchi organlar uchun asosiy ishonch mezoni sifatida xizmat qiladi.

Uchrashuv davomida “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan xalqaro reyting olish bo‘yicha bosqichma-bosqich rejalari, kompaniyaning moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, xavflarni boshqarish tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligi muhokama qilindi. Shuningdek, AQSh, Yevropa va Osiyo sug‘urta bozorlariga oid tahliliy ma’lumotlar bilan o‘zaro almashish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

A.M. Best bilan uchrashuv “O‘zagrosug‘urta” AJning global moliya bozorlariga integratsiyalashuvi va xalqaro imidjini mustahkamlash yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.