uz
  • info@agros.uz
  • 1186

8-Dekabr – O‘Zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qabul Qilingan Kun!

image

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengash sessiyasida muhokamalardan o‘tgach, 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilingan. Shu kundan e’tiboran, mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo‘yilib, ushbu sana umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. 

   2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali esa yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

   Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklari, xususan, mamlakatimizda bolalar, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, o‘qituvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, xorijdagi vatandoshlarimiz, mahkumlar, bir so‘z bilan aytganda, aholining barcha qatlami huquq va manfaatlarini inobatga olgan holda real hayotdagi yirik o‘zgarishlar o‘z aksini topdi.

Barchangizga bayram muborak bo‘lsin!