uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Ajda Sug‘Urta Qilish Yanada Qulay

image

“O‘zagrosug‘urta” AJda sug‘urta qilish yanada qulay

    Oldin ta’kidlab o‘tganimizdek 2024-yilning 1-sentabridan boshlab sug‘urta polislarini rasmiylashtirish to‘lig‘icha elektronlashtirildi. Shundan kelib chiqib “O‘zagrosug‘urta” AJ o‘z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida sug‘urta mahsulotlarini onlayn sotishga mo‘ljallangan platformasini yangiladi.

Ushbu platforma https://mypolis.agros.uz/ internet manzilida joylashgan bo‘lib, u orqali quyidagi sug‘urta mahsulotlarini xarid qilish mumkin:

-Avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish;

- O‘quvchilar, talabalar, sportchilar, haydovchilarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish;

- Avtomobilga o‘rnatilgan gaz uskunasi nosozliklari sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlardan sug‘urtalash.

Shuningdek, platforma orqali “Kombo” sug‘urta xizmatlaridan ham foydalanish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda mijozlar bitta sug֥‘urta polisi orqali bir nechta sug‘urta mahsulotlarini xarid qila oladilar.

Misol uchun mijoz bir vaqtning o‘zida Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi va Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi polisida ko‘rsatilgan haydovchilarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashi yoki Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi va Avtotransport vositasiga o‘rnatilgan gaz uskunasidan foydalanish oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan qaltisliklardan sug‘urta polislarini bittada olishlari mumkin.