18-noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Unda davlat bayrog‘i mamlakatimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi ramz ekanligi ta’kidlangan. Bayrog‘imiz o‘zida butun xalqimiz orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlik, bag‘rikenglikni mujassam etgan.
Vatanimiz bayrog‘i doim yuksaklarda, g‘alaba shohsupalarida hilpirab tursin!