uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xorijda Tahsil Olayotgan Yoshlarni Qo‘Llab Quvvatlaydi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ xorijda tahsil olayotgan yoshlarni qo‘llab quvvatlaydi

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 28-iyun kuni faol tashabbuskor yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv videoselektor yig‘ilishida vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari har oyda bir marotaba tizim tashkilotlardagi yosh xodimlar, shuningdek mahallarda istiqomat qilayotgan va xorijdagi yoshlar bilan muloqot qilib ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda muammolarini hal qilish vazifasi belgilab berilgan. 
   “O‘zagrosug‘urta” AJ rahbarlari ushu topshiriqlar ijrosi yuzasidan biriktirilgan yoshlar bilan doimiy muloqotlarni yo‘lga qo‘ygan, bo‘lib joylarda ular bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Joriy yilning 13-noyabr sanasida xorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan Zoom platformasi orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Xususan: Colorado State University Agriculture Business (Qishloq xo‘jaligi biznesini boshqarish) bo‘yicha tahsil olayotgan G‘aforov Sardor bilan muloqot qilindi. Suhbat davomida o‘qishi bilan bog‘liq bo‘lgan biror yordam kerak bo‘lsa bemalol murojaat qilishi aytildi.
   Muloqot so‘ngida xorijdagi yoshlarimiz o‘qishlarini tugatgach Ona Vatinimizga qaytib kelib chet elda olgan bilimlarini o‘zimizda qo‘llashlarini takidlab o‘tdilar.