uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Swiss Re” - “O‘Zagrosug‘Urta” Ajning Xalqaro Miqyosdagi Yangi Hamkori

image

“Swiss Re” - “O‘zagrosug‘urta” AJning xalqaro miqyosdagi yangi hamkori

 “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvi vakillari “Swiss Re”ning Shveytsariyadagi bosh shtabida bo‘lishdi. “Swiss Re” hamda “O‘zagrosug‘urta” AJ o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida olinadigan tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilish xususida muzokaralar olib borishdi.

   Unda InsuResilience Solution Fund (ISF) bilan  “O‘zagrosug‘urta” AJ hamkorlikda ishlayotgan loyiha doirasida sug‘urta himoyasiga olinadigan kichik bog‘dorchilik fermerlari sug‘urta qaltisliklarini qayta sug‘urta qilish shartlari kelishildi.

   Ma’lumot uchun “Swiss Re” – Shveytsariyaning 160 yillik boy tarix va tajribaga ega halqaro miqyosdagi qayta sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi. 

   “Swiss Re”ning bosh ofisi (shtab kvartirasi) Shveytsariyaning Syurix shahrida joylashgan bo‘lib, unga 1863 yilda asos solingan. Butun dunyo bo‘ylab 80 ta ofislarida qariyb 15 000 nafar mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. 

   “Swiss Re”- mol-mulk, baxtsiz hodisa, hayot sug‘urtasi va qishloq xo‘jaligi kabi ko‘plab yo‘nalishlarda qayta sug‘urtani amalga oshiradi.

   Suhbat davomida “O‘zagrosug‘urta” AJ nafaqat O‘zbekiston balki O‘rta Osiyo hududidan qayta sug‘urta bo‘yicha muzokaralar uchun birinchilardan bo‘lib “Swiss Re” ning Syurixdagi ofisiga tashrif buyurganligi ta’kidlanib, bundan mamnun ekanliklarini ma’lum qilganlar.