uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xalqaro Hamkorlikni Kengaytirmoqda.

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda.

“O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvida Germaniya Sug‘urtani rivojlantirish forumi (Insurance Devolopment Forum- IDF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Uchrashuv iqlim o‘zgarishlarida O‘zbekistondagi kichik bog‘dorchilik fermerlarining himoyasi loyihasi yuzasidan tashkil etildi.
Loyiha Germaniya Hukumati tomonidan InsuResilience Solution Fund (ISF) orqali hammoliyalashtirilgan va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidan IDF o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuv doirasida qo‘llab-quvvatlanadi. 
Bu ikki yillik  loyiha doirasida:
-kichik bog‘dorchilik fermerlari uchun sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish;
-Andijon Farg‘ona, Namangan va Samarqand viloyatlari ekinlarini sug‘urta qilishni sinovdan o‘tkazish;
- sug‘urta ishtirokchilari uchun treninglar tashkillashtirish orqali malakasini oshirish nazarda tutilgan.
Bu hamkorlik fermerlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro aloqani yengillashtirish, mahalliy sug‘urta bozorlarini rivojlantirish va tavakkalchiliklar, ekinlar va ularni sug‘urtalash bo‘yicha xalqaro eng yaxshi tajriba haqidagi bilimlarni almashishga ko‘maklashadi.