uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Ajda “Xon Atlas” Haftaligi Doirasida Milliy Liboslar Kuni Tashkil Etildi.

image

“O‘zagrosug‘urta” AJda “Xon atlas” haftaligi doirasida milliy liboslar kuni tashkil etildi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “Xon atlas” haftaligi doirasida milliy liboslar kuni o‘tkazildi. Shu kuni xodimalar ishga doimgidan o‘zgacha go‘zal ko‘rinishda, atlas, adras kabi shoyi matolaridan tikilgan milliy liboslarda kelishdi. Kun davomida bir-birlariga va butun jamoaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
Bu kabi tadbirlar xalqimizning asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etadi; 
Yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, madaniy ildizlariga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirish, shuningdek milliy urf-odat va an’analar bilan birga umuminsoniy ahloq qoidalarini, umume’tirof etilgan did va estetik qarashlarni shakllantiradi. 
Milliy madaniyatimiz va liboslarimiz go‘zalligini keng targ‘ib qilish maqsadida ayni vaqtda Chexiya Respublikasida o‘quv amaliy seminarda ishtirok etib turgan “O‘zagrosug‘urta” AJ ayollari jamoasi ham bu tadbirda faol qatnashdilar.