uz
  • info@agros.uz
  • 1186

"O‘Zagrosug‘Urta" Aj Buxoro Viloyatidagi Fermerlarga Qariyib 2 Milliard So‘Mlik Sug‘Urta Tovonlarini To‘Lab Berdi

image

"O‘zagrosug‘urta" AJ Buxoro viloyatidagi fermerlarga qariyib 2 milliard so‘mlik sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi

    Fermer yaxshi niyatlar bilan yerga urug‘ qadaydi. Dehqonchilik tavakkalchilik deganidir. Bu sohada har xil vaziyat bo‘ladi. Aksariyat hollarda ziroatchilarning zahmatli mehnati tufayli mo‘l hosil ko‘tariladi. Har bir mavsum dehqonlarga katta sinov. Shu ma’noda ba’zan tabiat injiqliklari, qishloq xo‘jaligidagi hashorat va zararkundalar tufayli dehqonning mehnati yo‘qqa aylanadi. Shunday vaqtlarda agar hosil sug‘urtalangan bo‘lsa, sug‘urta kompaniyalari fermerlarning joniga aro kiradi.

    “O‘zagrosug‘urta” AJ yaqinda Buxoro viloyatining Vobkent, G‘ijduvon, Shofirkon, Peshko‘, Jondor tumanlaridagi fermer xo‘jaliklariga 2020 yil sug‘urtalangan paxta ekinlari hosili uchun 1 milliard 838 million so‘m miqdorida sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi.

     Xususan, Peshku tumanidagi “Xurshid Jura Zamini” fermer xo‘jaligiga 66 million 882 ming, G‘ijduvon tumanidagi “Mukarrambibi zamini” fermer xo‘jaligiga 34 million 756 ming so‘m, Shofirkon tumanidagi “Ravshanbobo” fermer xo‘jaligiga 57 million 289 ming so‘m, Vobkent tumanidagi “Ilyos normurod Zamini” fermer xo‘jaligiga 350 million so‘m to‘lab berildi.

      Deyarli barcha holatlarda fermer xo‘jaliklarining 2020 yil paxta hosiliga ko‘sak qurti va zararkunandalar natijasida zarar yetgan. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomalarga asosan ular sug‘urta hodisasi deb tan olindi.

     Shu yo‘sinda “O‘zagrosug‘urta” AJ mijozlarning ishonchini oqlab kelmoqda.

“O‘zagrosug‘urta” AJ

Axborot xizmati