uz
  • info@agros.uz
  • 1186

2024-Yil 1-Sentyabrdan  Boshlab Sug‘Urta Polislarini Yagona Avtomatlashtirilgan Axborot Tizimi Orqali Rasmiylashtirmaslik Ularni Haqiqiy Emas Deb Topishga Asos Bo‘Ladi

image

2024-yil 1-sentyabrdan  boshlab Sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zagrosug‘urta"AJ  boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Sadiriddinzoda ma’lum qildi.

    Joriy yilning avgust oyi so‘ngiga qadar sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini online tizim orqali rasmiylashtirish to‘liq yakunlanadi.

    Shuningdek, “O‘zagrosug‘urta” AJning joylardagi sug‘urta markazlarida barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli talablari doirasida Jamiyat tomonidan “Uzagros online” axborot tizimi ishga tushirildi va yagona elektron axborot tizimiga integratsiya qilindi. Natijada mijozlar uchun sug‘urta shartnomalari va sug‘urta polislarini elektron rasmiylashtirish, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlarni online sug‘urtalash, turli hisobot shakllarini yaratish kabi ishlar amalga oshirildi. 

    Hozirgi kunga kelib, “Uzagros online” axborot tizimida 30 dan ortiq sug‘urta mahsulotlari online shaklga o‘tkazildi. Shu bilan bir qatorda Jamiyatning rasmiy veb sayti orqali ham 26 ta sug‘urta mahsulotlari online rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.