uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Andijon Viloyati Filiali Faoliyati

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ Andijon viloyati filiali faoliyati

“O‘zagrosug‘urta” AJ Andijon viloyati filiali tomonidan taklif etilayotgan sug‘urta xizmatlar sifati va ko‘lami, zararlarni qoplash borasidagi ishlar, mijozlarlar talablarini qanoatlantirishga qaratilgan bo‘lib, tuman va shaharlardagi jami 17 ta sug‘urta markazlari orqali korxona-tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari hamda aholi mol-mulklarini sug‘urtaviy himoyaga olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil birinchi martdagi PQ-108 son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi qarori ijrosi bo‘yicha viloyat filialida “Uzagros online” elektron tizimi orqali onlayn tartibda sug‘urta shartnomalarini tuzish imkoniyati kengaytirildi. Aholi orasida yangi sug‘urta turlari va yaratilgan qulayliklar bo‘yicha “Mahallabay” tizimida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari ishsiz yoshlar va ayollar “Ustoz-shogird” dasturi asosida o‘qitilib, sug‘urta agenti sifatida ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Filial tomonidan sug‘urta shartnomalarining katta qismi ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan. Ularning qariyb 80 foizga yaqini aholi sug‘urtasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu Yurtimizda sug‘urta madaniyati, odamlarning sug‘urtaviy savodxonligi tobora oshib borayotganidan darak beradi.
2024-yil birinchi yarim yillikda aholi orasida ko‘p sotilgan sug‘urta turlari bo‘yicha baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash 3021 ta, aholi mol-mulkini kompleks sug‘urtasi 1831 ta hamda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi bo‘yicha 6725 ta sug‘urta shartnomalari rasmiylashtirilgan.