uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Faol Sug‘Urta Agenti” Nomli Sovrinli Tanlov

image

“FAOL SUG‘URTA AGENTI” NOMLI SOVRINLI TANLOV

“FAOL SUG‘URTA AGENTI” NOMLI SOVRINLI TANLOVI QOIDALARI

 

  1. Mazkur qoida “Oʻzagrosugʻurta” AJ (keyingi matnlarda Sugʻurtalovchi) tomonidan oʻtkaziladigan “Faol sug‘urta agenti” nomli sovrinli tanlov oʻtkazilishining rasmiy qoidasi hisoblanib, mazkur tanlovda Jamiyatning hududiy filiallari bilan agentlik kelishuvi tuzgan jismoniy sug‘urta agentlari (keyingi matnlarda Ishtirokchi) uchun majburiy hisoblanadi.
  2. Tanlov oʻtkazilishidan asosiy maqsad  sug‘urta agentlarining shijoati va qiziqishlarini oshirish, Kompaniyaning sugʻurta bozoridagi ijobiy imidjini mustahkamlash, yangi sug‘urta agentlarini jalb qilish, onlayn sugʻurta xizmatlari sotuvini koʻpaytirish hamda mijozlarni kompaniya xizmatlaridan foydalanishga boʻlgan qiziqishlarini orttirish, mavjud sugʻurta turlari haqida ma’lumotlarni tarqatish, OAV va kompaniya oʻrtasida mustahkam aloqalar oʻrnatish va sugʻurtalovchi daromadlarini oshirishga qaratilgan harakatlar majmui.
  3. Ushbu tanlovda hududiy filiallarda agentlik kelishuvi orqali faoliyat yuritayotgan (tanlov muddati davrida agentlik kelishuvi bekor bo‘lmagan) jismoniy sug‘urta agentlari ishtirok etadilar.
  4. Tanlov doirasida quyidagi sovgʻalar taqdim etiladi:

1. Tanlovda faol qatnashib, 18 (o‘n sakkiz) ta ixtiyoriy sugʻurta turlari bo‘yicha belgilangan sug‘urta mukofoti tushumini amalga oshirgan jismoniy sug‘urta agentlar o‘rtasida o‘tkaziladi.
(2024-yilning 1-avgustidan 2025-yil 1-fevralga qadar)

Belgilangan sug‘urta mukofoti tushumini ta’minlagan sug‘urta agentlari orasidan 14 (o‘n to‘rt) nafari tasodifiy tanlanib olinadi.

1 – o‘rin 35 000 000 million so‘m va undan yuqori sug‘urta mukofoti tushumini ta’minlagan jismoniy sug‘urta agentlari orasidan 1 ta sug‘urta agenti “random” generatori orqali tanlab olinadi;

2 - o‘rin 25 000 000 million so‘mdan 35 000 000 million so‘mgacha sug‘urta mukofoti tushumini taminlagan jismoniy sug‘urta agentlari orasidan 3 ta sug‘urta agenti “random” generatori orqali tanlab olinadi;

3 - o‘rin 15 000 000 million so‘mdan 25 000 000 million so‘mgacha sug‘urta mukofoti tushumini taminlagan jismoniy sug‘urta agentlari orasidan 10 ta sug‘urta agenti “random” generatori orqali tanlab olinadi;

Mazkur tanlov uchun belgilangan muddatda belgilangan sug‘urta mukofoti tushumini ta'minlagan ishtirokchilar aniqlanmagan taqdirda sovg‘alar berilmaydi.

Har bir orin uchun belgilangan sovrinlar sonidan ishtirokchilar soni teng yoki kam bolgan taqdirda random generatori orqali tanlanmaydi.

 

  1. 1-o‘ringa Sharm el sheikh shahriga sayohat qilish uchun 2 kishilik vaucher  – 1 dona;
  2. 2-o‘ringa Elektro velosiped – 3 dona;
  3. 3-o‘ringa Arteldan Smart televizori (32 dyumli) – 10 dona;

 

  1. Har bir tanlov doirasida belgilangan sug‘urta mukofoti tushumini ta’minlafan ishtirokchilar roʻyxati bir joyga jamlanadi va jamlangan ma’lumotlar kompyuterda “Random” dasturiga tushirilib
    1 nafardan gʻolib aniqlab boriladi.

Maʻlumotlarni jamlash va gʻolibni aniqlashda foydalanish uchun:

  • Tanlov g‘oliblari tanlovda faol qatnashgan va belgilangan sug‘urta mukofoti tushumini ta’minlagan sug‘urta agenti ismi sharifi va otasining ismi orqali aniqlanadi.
  1. Sugʻurtalovchi tomonidan tanlov shartlari va oʻtkazish muddatlari ishtirokchilarni Sugʻurtalovchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari va/yoki rasmiy veb-saytida ogohlantirishi orqali oʻzgartirilishi mumkin.
  2. Sugʻurtalovchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

- tanlov ishtirokchilari toʻgʻrisidagi shaxsiy ma’lumotlarni sir saqlash, qonunchilikda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno;

- tanlov shartlari va muddatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Sugʻurtalovchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari va/yoki rasmiy veb-saytida joylashtirish.

  1. Ishtirokchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

- Ushbu qoida va tanlovning boshqa shartlariga toʻliq amal qilish;

- Ishtirokchi sifatida tanlovda qatnashishdan oldin tanlov shartlari bilan tanishib chiqish.

  1. Sug‘urta agentlariga sovgʻalarni taqdim etish bilan bogʻliq barcha turdagi soliqlar Sugʻurtalovchi hisobidan amalga oshiriladi.
  2. Gʻoliblarni aniqlash jarayoni jamiyat boshqaruvi binisida yoki boshqa manzillarda oʻtkazilib, jarayon Jamiyatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida yoki boshqa platformada onlayn efirga uzatiladi.
  3. Tanlov doirasida belgilangan sovgʻalar boshqa turdagi sovgʻaga oʻzgartirilmaydi.

Tanlov gʻolibiga elektron pochta manziliga xabar yuborish, koʻrsatilgan raqamga SMS yuborish yoki telefon qilish orqali gʻolib boʻlgani toʻgʻrisida xabar beriladi.

Tanlov gʻolibi unga xabar yuborilgan yoki u bilan bogʻlanilgan kundan boshlab 90 (toʻqson) kun davomida sovgʻani olib ketmasa sovgʻa Sugʻurtalovchi hisobida qoladi va berilmaydi.

Sugʻurtalovchi tanlov gʻolibidan tegishli tartibda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini talab qiladi.

Sovgʻalar Sugʻurtalovchi bosh ofisidan gʻolibning shaxsan ishtirokida olib ketiladi.

  1. Tanlov doirasida koʻzda tutilgan majburiyatlar tomonlarga bogʻliq boʻlmagan va bartaraf etish mumkin boʻlmagan (Fors-major) hollarda tomonlar javobgarlikdan ozod etiladi.
  2. Tanlov 2024-yilning 1-avgust kuni soat 00-00 dan boshlanib 2025 yilning 1-fevral kuni soat 23-59 ga qadar davom etadi. Tanlov gʻoliblari 2024-yilning 21-fevral kuni e’lon qilinadi.
  3. Oʻtkaziladigan tanlov doirasida kelib chiqadigan barcha nizolar tomonlar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan holda hal etiladi. Hal etilmagan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
     

    “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan o‘tkaziladigan “Faol sug‘urta agenti” nomli sovrinli tanlovda ishtirok etadigan ixtiyoriy sug‘urta turlari

    RO‘YXATI

     

    T/r

    Sug‘urta turining nomi (ixtiyoriy sug‘urta)

    1

    Aholining turar joy imoratlari va uy-ro‘zg‘or buyumlarini kompleks sug‘urta qilish qoidalari.

    2

    Avtotransport vositalarini sug‘urtalash shartnomasi.

    3

    Avtotransport vositasiga o‘rnatilgan gaz uskunasidan foydalanish oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan qaltisliklardan sug‘urtalash qodalari.

    4

    Ko‘p qavatli binolarda uy-joy (kvartira)larni kompleks sug‘urta qilish qoidalari.

    5

    Jismoniy shaxslarni kompleks sugʻurta qilish qoidalari. (Uy-joy, oilaviy baxtsiz hodisa )

    6

    Bolalarni maktab ta‘limi davrida sog‘lomlashtirish oromgohlarida, pansionatlarida va boshqa tashkilotlarda davolanish, dam olish davrida sug‘urtalash qoidalari.

    7

    Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash shartnomasi.

    8

    O‘quvchilarni baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish qoidalari.

    9

    Talabalarni baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish qoidalari

    10

    Sportchilarni baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish qoidalari.

    11

    Baxtsiz hodisalardan oilaviy ehtiyot shart sug‘urta qilish qoidalari.

    12

    Mehmonxonada iste`qomat qiluvchi shaxslar (sayyohlar)ni baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish qoidalari.

    13

    Sport-madaniyat tomoshagoh majmualarida tomoshabinlarni baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish qoidalari.

    14

    Shaharlararo yo‘nalishda qatnovchi avtobus yo‘lovchilarini baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish qoidalari.

    15

    Ona va bolani baxtsiz hodisalardan kompleks sug‘urta qilish qoidalari.

    16

    Xalqaro yoʻnalishda qatnovchi avtobus yoʻlovchilarini baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʻurta qilish qoidalari.

    17

    Mehmonxonada istiqomat qiluvchi shaxslarni kompleks sugʻurta qilish qoidalari. (baxtsiz hodisa, fuqarolik javobgarligi)

    18

    Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki, tovar moddiy boyliklarini sug`urta qilish qoidalari