uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Sug‘Urta Sohasida Qanday O‘Zgarishlar Bo‘Ladi?

image

Sug‘urta sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil birinchi martdagi PQ-108-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali sug‘urta xizmatlarining ommabobligini va sifatini oshirish, shuningdek, sohani tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib:

2024-yilning 1-sentyabridan boshlab sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
-barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
-sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi hamda sug‘urtalovchi tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi deyilgan.
Bunga qadar sug‘urta polisini rasmiylashtirish uchun o‘zingizga yaqin bo‘lgan sug‘urta markazi manziliga borishingiz kerak edi. Ba’zida sug‘urta shartnomasi muddati o‘tganligini bilib qolganingizda borishga vaqtingiz bo‘lmay qolishi yokida siz tanlagan sug‘urta kompaniyasining joylashgan manzili uzoqroqda bo‘lib qolishi noqulay edi.

Sug‘urta polislarining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilishi aholiga bir qator qulayliklarni yaratadi. Xususan, o‘zingizga kerak bo‘lgan sug‘urta turi polisini istalgan vaqtda sizga ma’qul bo‘lgan sug‘urta kompaniyasining elektron manbasidan rasmiylashtirishingiz mumkin.

Sug‘urta polislarining qog‘oz shaklini yo‘qotib qoygan vaqtda nusxasini olish uchun yana sug‘urta kompaniyasiga borishga to‘g‘ri kelar edi.
Sug‘urta polislarining elektron bazasini shakllantirish, istalgan vaqtda polisni rasmiylashtirish va yuklab olish imkonini beradi. Bu kabi o‘zagarishlar ham vaqtingizni, ham naqtingizni tejaydi.

Bundan tashqari milliy sug‘urta bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib kadrlar zaxirasini tashkil qilish, hamda sug‘urta yo‘nalishidagi bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichini sug‘urta ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddatini tayanch bo‘lmagan fanlarni qisqartirish hisobiga to‘rt yildan uch yilgacha qisqartirish;

-yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkini tabiiy va texnogen ofatlardan majburiy sug‘urta qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

-takaful tamoyillarini va mahsulotlarini bosqichma-bosqich joriy etish;

-“Yashil sug‘urta” (Green insurance) mahsulotlarini joriy etish;

-ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning qamrovini oshirish va yanada rivojlantirish kutilmoqda. (https://agros.uz/news/post/412/)