uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Ajning Navbatdagi Seminar “Manfaatlar ToʻQnashuvi ToʻGʻRisida”Gi Qonunning Mazmun-Mohiyati Va Ahamiyati Mavzusida Bo‘Lib O‘Tdi.

image

“O‘zagrosug‘urta” AJning navbatdagi seminar “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi prokurori, Yuridik fanlar nomzodi Safarov Temur O‘ktamovich ma'ruza qildilar.

Mazkur Qonunning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida o‘z taqdimoti bilan ishtirok etib manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida tushuntirib o‘tdilar. 

Tadbirda videokonferensaloqa orqali Boshqaruv mutaxassislari hamda hududiy filiallar mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminar yakunida mavzu doirasida fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.