uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xodimlari Chexiyada Tajriba Almashmoqda

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari Chexiyada tajriba almashmoqda

“O‘zagrosug‘urta” Ajning bir guruh xodimlari joriy yilning 17-26-iyun kunlari Chexiya Respublikasida o‘tkazilayotgan “Bozor segmentida sug‘urta mahsulotlarini sotishda Chexiya sug‘urta kompaniyalarining ilg‘or usullari” mavzusidagi o‘quv-amaliy kursida ishtirok etmoqdalar.

O‘quv-kursi mashg‘ulotlarini Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti professor-o‘qituvchilari hamda Chexiya Respublikasidagi yetakchi sug‘urta kompaniyalarining malakali mutaxassislari olib borishmoqda.

Jumladan, “Meta life” kompaniyasi menejeri Michaela Rihova hamda “Skoda avto” kompaniyasi doktori Jiri Bohasek Chexiya sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta amaliyoti va tajribasi bilan yaqindan tanishtirdilar.