uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Germaniyalik Qayta Sug‘Urta Brokerlari Bilan “O‘Zagrosug‘Urta”Da Uchrashuv O‘Tkazildi

image

Germaniyalik qayta sug‘urta brokerlari bilan “O‘zagrosug‘urta”da uchrashuv o‘tkazildi


“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvida Germaniyaning “TNB Reinsurance Brokers” qayta sug‘urta brokeri (TNB Reinsurance Brokers GmbH) vakillari bilan uchrashuv bo‘ldi. 

Uchrashuvda Jamiyat Boshqaruvi rahbariyati, Qayta sug‘urtalash va xalqaro munosabatlar departamenti mas’ul xodimlari hamda TNB Reinsurance Brokers qayta sug‘urta brokeri Boshqaruv direktori Natalya Batiashvili ishtirok etdi. 

Uchrashuvda tomonlar mamlakatimiz hamda Germaniya sug‘urta va qayta sug‘urta bozorining hamkorligi yuzasidan fikr almashdi. Kompaniyalar faoliyati, erishilayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘zaro tanishtirildi. 

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati hamda “TNB Reinsurance Brokers” qayta sug‘urta brokeri o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qulay va manfaatli qayta sug‘urta xizmatlari taqdim etish borasida tajriba almashish hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha kelishib olindi.